Chempionlar ligasi o‘yinida yigit sevgilisiga turmush qurishni taklif qildi

UEFA Chempionlar ligasining beshinchi turi doirasida o‘tkazilgan “Sabah” va “Barselona” uchrashuvida futbol muxlislari e’tiborini tortgan romantik voqea yuz berdi.
Ölkə.az xabariga ko‘ra, o‘yinni tomosha qilish uchun sevgilisi bilan stadionga kelgan yigit unga kutilmagan sovg‘a tayyorlagan. U futbol oqshomidan foydalanib, juftiga turmush qurishni taklif qilishga qaror qilgan.
Ayol suratga tushish uchun to‘xtaganida, yigit kutilmaganda unga turmush qurish taklifini bildirgan. Bunday syurprizni kutmagan ayolning hayrat va quvonchga to‘la munosabati atrofdagilarning ham e’tiborini tortgan.
Mazkur lahzalar aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, ko‘plab foydalanuvchilarning qiziqishiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa, stadiondagi futbol uchrashuvi bir juftlik uchun unutilmas voqeaga aylandi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…