"Gazprom" yaqin orada Sankt-Peterburgga ko‘chib o‘tadi, deb xabar berdi kompaniya rahbari Aleksey Miller shaharning Neva tumanidagi ikki muz arenasiga ega sport majmuasi ochilishida.
"Gazprom" ma’muriyatining uchdan ikki qismi Peterburgda ishlamoqda", - dedi u.
Miller shuningdek gaz konsernining shahardagi rejalarini ancha katta degan.
Avvalroq gubernator Georgiy Poltavchenko Sankt-Peterburg hamda "Gazprom" Arktika shelfini o‘zlashtirish bo‘yicha klasterni shakllantirish ustida birgalikda ishlayotganini xabar qilgandi. Bundan tashqari, "Gazprom" rahbari o‘rinbosari Aleksandr Medvedev shaharda o‘ziga xos gaz markazi paydo bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgan, deb yozadi Kun nashri.
Peterburgda “Laxta sentr” majmuasi qurilmoqda, uning qoq markazida "Gazprom neft" va uning bo‘linmalari qarorgohlari joylashadi. Maydonning yarmidan ko‘pi ilmiy-ta’lim majmuasi, bolalar ilm-fani markazi, planetariy, ko‘rgazma zallari, tibbiyot markazi, kongresslar va anjumanlar zali, kinoteatr, sport markazi va boshqalarga ajratiladi. Qurilish ishlari 2018 yilda yakunlanishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”