O‘zbekiston tarvuzlari 15 ta davlatga eksport qilindi: eng yirik xaridor qaysi mamlakat?

O‘zbekiston 2026 yilning dastlabki to‘qqiz oyida 15 ta xorijiy davlatga jami 139 ming tonna tarvuz eksport qildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eksport qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 40,4 million dollarni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, tarvuz eksportidan tushgan daromad 2025 yilning shu davriga nisbatan 7,6 million dollarga yoki 23,3 foizga oshgan.
O‘zbekiston tarvuzlarini eng ko‘p xarid qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatga 68,7 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston va Qirg‘iziston egallagan.
Eksport yo‘nalishlari va hajmi quyidagicha:
Rossiya — 68,7 ming tonna;
Qozog‘iston — 41,9 ming tonna;
Qirg‘iziston — 25 ming tonna;
Belarus — 2,1 ming tonna;
Tojikiston — 424,1 tonna;
Mongoliya — 286,1 tonna;
Gruziya — 228 tonna;
Litva — 206,1 tonna;
Ukraina — 84 tonna;
Polsha — 58,7 tonna;
Boshqa davlatlar — 79,7 tonna.
Statistik ma’lumotlardan ko‘rinishicha, O‘zbekiston tarvuzlarining asosiy qismi Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga yetkazib berilgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

























Izohlar0
…