O‘zbekiston hukumati va Islom taraqqiyot banki (ITB) 300 mln dollarlik moliyaviy kelishuvni imzoladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Taqdim qilingan mablag‘lar "Qishloq joylarida turar-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasining 2-bosqichini amalga oshirish yo‘naltiriladi.
ITB mablag‘larni 15 yillik, jumladan 2 yillik imtiyozli muddatga berdi. Loyiha doirasida 2017-2021 yillarda O‘zbekistonning 6 ta viloyatida yangilangan namunaviy loyihalar asosida 6,4 mingtadan ko‘proq uy, 110,52 km kirish va ichki yo‘llar, 197,80 km lik ichimlik suvi tizimi quriladi.
Loyihaning amalga oshirilishi qishloy joylarida yashovchi 30 mingga yaqin odamning yashash sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
ITB avvalroq "Qishloq joylarida turar-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasining 1-bosqichini amalga oshirish uchun 100 mln dollar taqdim qilgandi. 2015-2016 yillarda loyiha doirasida Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarining 22 ta qishloq aholi punktida 1415 ta uy, 33,80 km kirish va ichki yo‘llar, 40,62 km lik ichimlik suvi tizimi barpo etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi