O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, iqtisodiyot vazirligi va moliya vazirligi tomonidan (2017 yil 24 aprelda №2877 raqam ostida) qabul qilingan qarorga ko‘ra davlat buyurtmasi bilan xarid qilinadigan meva va sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari va uzum etishtiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning xarajatlariga bo‘nak (avans) ajratish tartibi haqidagi Nizom tasdiqlandi. Bu haqda Kun nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchisi buyurtmachi bilan kontrakt shartnomasi kuchga kirganidan 3 bank kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘nak mablag‘larni olish uchun o‘ziga xizmat ko‘rsatayotgan bankda maxsus hisob raqami ochishi kerak.
Bo‘nak mablag‘larining hajmi kontrakt shartnomasi qiymatining 40 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Hujjatda agrotexnika chora-tadbirlarining o‘tkazilish muddati, shuningdek ular sarflanadigan xarajatlarga ko‘ra, bo‘nak mablag‘larini berish muddatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan 2017 yil 1 maydan e’tiboran kuchga kirgan.
Hujjatning to‘liq matni, sharhi va unga bog‘liq boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar bilan «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”