O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 85,3 trln so‘mga yetdi

2026 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 85,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, transport xizmatlari tarkibida eng katta ulush avtomobil transporti hissasiga to‘g‘ri kelgan. Umumiy hajmning 52,1 foizi aynan shu yo‘nalishga tegishli bo‘lgan.
Yordamchi transport faoliyati 15,2 foiz ulush bilan keyingi o‘rinda qayd etilgan. Havo transportining ulushi 13,8 foizni tashkil qilgan.
Temir yo‘l transporti 10 foiz, quvur transporti esa 8,9 foiz natija bilan umumiy tarkibdan joy olgan.
Shu tariqa, besh oylik davrda transport xizmatlarining asosiy qismi avtomobil tashuvlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling



























Izohlar 0
…