To‘rt oyda parfyumeriya importi 1,3 mln dollarga yetdi

2026 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga xorijdan 1,3 mln AQSH dollarilik atir-upa va parfyumeriya mahsulotlari import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, import qiymati 2025 yilning mos davriga nisbatan 13,8 foizga oshgan.
To‘rt oy davomida O‘zbekistonga eng ko‘p parfyumeriya mahsulotlari Turkiyadan olib kirilgan. Ushbu mamlakatdan import hajmi 417 ming dollarni tashkil etgan.
Keyingi o‘rinlarda Rossiya 245,6 ming dollar, Fransiya 235,2 ming dollar va Chexiya 197,1 ming dollar bilan qayd etilgan.
Belarusdan 41,1 ming dollarlik parfyumeriya mahsulotlari import qilingan. Boshqa davlatlar hissasiga esa 203,1 ming dollar to‘g‘ri kelgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling



























Izohlar 0
…