O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11,6 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11,6 trln so‘mga yetdi

2026 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 11,6 trln so‘mlik ichimliklar ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 11,3 foizga oshgan.

Hududlar kesimida eng katta hajm Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda besh oyda 7,2 trln so‘mlik ichimliklar ishlab chiqarilgan.

Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 1,8 trln so‘m, Xorazm viloyati 867,8 mlrd so‘m, Namangan viloyati 480,4 mlrd so‘m va Samarqand viloyati 430,3 mlrd so‘m bilan joy olgan.

Buxoro viloyatida 217,2 mlrd so‘mlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 180,2 mlrd so‘mlik, Qashqadaryo viloyatida 96,9 mlrd so‘mlik ichimliklar ishlab chiqarilgan.

Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatkich 84,9 mlrd so‘mni, Sirdaryoda 70 mlrd so‘mni, Andijonda 65 mlrd so‘mni tashkil etgan. Surxondaryoda 57,5 mlrd so‘mlik, Jizzaxda 27,8 mlrd so‘mlik, Navoiy viloyatida esa 9,2 mlrd so‘mlik ichimliklar ishlab chiqarilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar