Bola og‘ziga latta tiqqan tarbiyachi ishlaydigan bog‘cha endi faoliyat yuritmaydi

Bola og‘ziga latta tiqqan tarbiyachi ishlaydigan bog‘cha endi faoliyat yuritmaydi

Avvalroq Toshkent shahridagi xususiy bog‘chalardan birida tarbiyachi bolaning og‘ziga latta tiqib, unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani aks etgan holat jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Keyinchalik mazkur voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida ham xabar berilgan. Endi esa ushbu hodisadan so‘ng “Rayyan Kids Land” nomli bog‘chaning faoliyati rasman to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari axborot berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun — 14 iyul kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining javobgar sifatida jalb etilgan “Rayyan Kids Land” oilaviy korxonasiga nisbatan nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish haqidagi arizasi ko‘rib chiqildi.

Sud majlisi davomida ish materiallari o‘rganilib, tomonlarning fikrlari eshitildi. Muhokama yakunida sudning hal qiluv qarori bilan mazkur oilaviy korxonaga nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish uchun 2025 yil 13 avgust kuni berilgan litsenziya bekor qilindi.

Shu bilan mazkur bog‘chaning ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqi tugatildi.

Shuningdek, sud majlisi yakunida raislik qiluvchi sudya tomonidan qabul qilingan sud hujjatining mazmuni, shuningdek, ushbu qaror ustidan shikoyat qilish tartibi va qonunchilikda belgilangan muddatlar ishtirokchilarga batafsil tushuntirilgani ma’lum qilindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar