Toshkentda yer narxi pasaydi, kvartiralar esa qimmatlashishda davom etmoqda

Toshkentda yer narxi pasaydi, kvartiralar esa qimmatlashishda davom etmoqda

Markaziy bank 2026 yilning birinchi choragi bo‘yicha Toshkentdagi yer uchastkalari narxiga oid tahlilni e’lon qildi. Unga ko‘ra, poytaxtda yer narxi pasaygan, ko‘p qavatli uylar bozorida esa qimmatlashish davom etgan.

Birinchi chorakda Toshkentda 1 sotix yerning o‘rtacha narxi 301 mln so‘mni tashkil etdi. Bu 2025 yil boshidagi ko‘rsatkichdan 6,4 foizga kam. Shuningdek, narxlar 2024 yilda qayd etilgan yuqori darajadan ham sezilarli past bo‘lgan. O‘sha vaqtda 1 sotix yer o‘rtacha 380 mln so‘mgacha baholangan.

Markaziy bank yer narxining pasayishini markazdan uzoqroq hududlarda sotuvga chiqarilayotgan uchastkalar soni ko‘paygani bilan izohlamoqda. Taklif ortishi bozordagi o‘rtacha narxga ta’sir qilgan.

Shu bilan birga, kvartiralar bozorida teskari holat kuzatilmoqda. Mart oyida yangi qurilgan uylar narxi dollar hisobida 8,1 foizga, ikkilamchi bozordagi kvartiralar esa 9,4 foizga qimmatlashgan.

Tahlilga ko‘ra, yer uchastkalari bozorida taklif ko‘paygani narxlarni pasaytirmoqda. Ko‘p qavatli uylar segmentida esa talab yuqori saqlanayotgani sabab narxlar o‘sishda davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar