Sergelida beshta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi

Toshkentning Sergeli tumanida 14 iyuldan boshlab Lutfkor ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi. Cheklov Yangi Sergeli–Qorasuv ko‘chasidan M. Tursunzoda ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda amal qiladi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu hududda issiq suv ta’minoti tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda. Shu sabab 5 ta avtobus yo‘nalishi aylanma yo‘llar orqali harakatlanadi.
O‘zgargan yo‘nalishlar:
• 132-yo‘nalish Qipchoq, Yangi Sergeli, Shokirariq va M. Tursunzoda ko‘chalari orqali qatnaydi.
• 143-yo‘nalish Obixayot, Yangi Sergeli, Qipchoq, «Chinor» metro bekati va Sofdil ko‘chalari orqali harakatlanadi.
• 104-yo‘nalish Qipchoq, «Chinor» metro bekati, M. Tursunzoda, Shokirariq va Yangi Sergeli ko‘chalari orqali yuradi.
• 112-yo‘nalish Qipchoq, «Chinor» metro bekati, Qo‘rg‘ontepa va Lutfkor ko‘chalari orqali qatnaydi.
• 66-yo‘nalish Qipchoq ko‘chasi bo‘ylab «Chinor» metro bekati orqali harakatlanadi.
Ta’mir ishlari sabab atrofdagi ko‘chalarda tirbandlik va avtobuslar harakatida kechikishlar kuzatilishi mumkin. Yo‘lovchilarga safarni oldindan rejalashtirish tavsiya etilmoqda.































Izohlar 0
…