Intel daromadlari axborot markazlari hisobiga oshmoqda

Intel daromadlari axborot markazlari hisobiga oshmoqda
Intel daromadlari axborot markazlari hisobiga oshmoqda

Intel kompaniyasining 2015 yilning 2-choragidagi daromadlari axborot markazlari qurilishi va buyumlar interneti rivojlantirilishi hisobiga kutilgandan ko‘ra yuqoriroq bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Korporasiyaning kompyuterlar uchun prosessorlar ishlab chiqarishdan olgan tushumi 13,5 foizga kamayib, 7,54 mlrd dollarni tashkil qildi. Biroq korporasiyaning server segment va axborot markazlari uchun yuqori unumdorlikka ega prosessorlar ishlab chiqarishidan olgan tushumi 9,7 foizga oshib, 3,85 mlrd dollarni tashkil qildi.

Korporasiyaning sof daromadi avvalgi yilgi 2,8 mlrd dollardan 2,71 mlrd dollargacha tushib ketdi, biroq kapital xarajatlar kamaytirilgani hisobiga bitta aksiya hisobida daromadni 0,55 dollar darajasida ushlab qolishga muvaffaq bo‘lindi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar