Ozarbayjon kompaniyasi Qashqadaryodagi oltin konini o‘rganadi

Ozarbayjon kompaniyasi Qashqadaryodagi oltin konini o‘rganadi

Ozarbayjonning “AzerGold” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “AzerGold Uzbekistan” sho‘ba korxonasi O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi korxona Qashqadaryo viloyatidagi Akba oltin konida geologik qidiruv ishlarini olib borish, mineral resurslarni baholash va konni o‘zlashtirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bilan shug‘ullanadi.

Zarur litsenziya olingach, 18 oy davomida qidiruv ishlari, metallurgik sinovlar va atrof-muhitga ta’sirni o‘rganish rejalashtirilgan. Natijalar asosida konni sanoat miqyosida o‘zlashtirish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqiladi.

Shuningdek, kompaniya Navoiy va Nurota shaharlari oralig‘idagi istiqbolli hududlarda geologik qidiruv olib borish uchun qo‘shma korxona tashkil etishni rejalashtirmoqda. Foydali qazilma zaxiralari aniqlangan taqdirda, tomonlar konlarni birgalikda o‘zlashtirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar