Yevrokomissiya Google’ni 1 mlrd evrolik jarimaga tortmoqchi

Yevrokomissiya Google’ni 1 mlrd evrolik jarimaga tortmoqchi
Yevrokomissiya seshanba kuni Google’ga 1 mlrd evrolik jarima tayinlashi mumkin. Bu qidiruv tizimlari bozoridagi yetakchilikni suiiste’mol qilish tufayli ehtimolga yaqin, deb xabar bermoqda Kun.uz vaziyatdan boxabar manbalarga asosan.

Jarima Google tarkibiga kiruvchi Alphabet xoldingga qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, monopoliyaga qarshi tartibga soluvchi korporatsiyadan biznes yuritish shartlariga o‘zgartirish kiritishni talab qilish niyatida.

EKning asosiy da’volari shundan iboratki, Google alohida tovar va xizmatlar bo‘yicha natijalarni soxtalashtiradi hamda shu tariqa, Google’ning tijoriy sheriklari va mijozlari qidiruv natijasida birinchi pozitsiyalarda chiqib keladi. Ta’kidlanishicha, Google o‘zining sheriklari yoki mijozlari sanalgan axborot internet-resurslari trafigining oshishiga ham yordam bermoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, EK Google’ga nisbatan yetti yildan beri surishtiruv o‘tkazib keladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar