O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2017 yil yanvar-iyun oylarida 12,072 mlrd dollardan oshdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,1 foizga yuqoridir. O‘zbekistonning yanvar-iyun oylarida eksporti 13,1 foizga oshib, 5,97 mlrd dollarni, import miqdori 9,2 foizga o‘sib, 6,102 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu haqda «Uzdaily.uz»ga tayanib «Kun.uz» yozmoqda.
O‘zbekiston Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdodagi tafovut import foydasiga 132,7 mln dollarni tashkil etgan, bunda MDH mamlakatlari bilan tashqi savdodagi farq ijobiy bo‘lib, 300,2 mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa mamlakatlar bilan savdoda salbiy tafovut 432,9 mln dollardir.
O‘zbekiston rezidentlarining tashqi savdo amaliyotlari, asosan, Osiyo (umumiy savdo aylanmasining 47,2 foizi) Evropa (42,2) va Amerika (3,0) bilan amalga oshiriladi.
MDH mamlakatlari orasida tashqi savdoning asosiy ulushi Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Tojikiston, Qirg‘izistonga to‘g‘ri kelib, 29,4 foizni tashkil etadi. Boshqa mamlakatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Afg‘oniston, Braziliya, Hindiston, Eron, Latviya, Litva, Fransiya, AQSh, Shveysariya hissasiga to‘g‘ri kelib, jami tashqi savdoning 43 foizini tashkil etadi.
Bunda MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 4,45 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,6 foizga o‘sgan. MDH mamlakatlarining O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 36,9 foizni tashkil etgan.
Boshqa davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 10,2 foizga o‘sib, 7,62 mlrd dollarni tashkil etgan. Ularning O‘zbekiston umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 63,1 foizga etgan.
O‘zbekistonning 2017 yil yanvar-iyun oylarida MDH mamlakatlariga eksporti 14,8 foizga o‘sib, 2,375 mlrd dollarni tashkil etgan. O‘zbekistonning boshqa mamlakatlarga eksporti 3,59 mlrd dollarga etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga o‘sish qayd etilgan. O‘zbekiston jami eksportining 39,8 foizini MDH mamlakatlariga, 60,2 foizini boshqa mamlakatlarga amalga oshirgan.
O‘zbekiston MDH mamlakatlaridan 2,075 mlrd dollar tovar va mahsulotlar import qilgan (+10,2 foiz). Boshqa mamlakatlardan keltirilgan import 4,027 mlrd dollar (+8,6 foiz)ni tashkil etgan.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 42,2 foizi Evropa mamlakatlari, 47,2 foizi Osiyo, 3 foizi Amerika, 0,1 foizi Afrika mamlakatlariga to‘g‘ri kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi