Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini e’lon qilgani va 1 AQSh dollari 3889 so‘m 65 tiyinga ko‘tarilib, 8100 so‘mni, 1 yevro esa 4678 so‘m 60 tiyinga oshib, 9645 so‘m 48 tiyinni tashkil etgani, 1 Rossiya rubli 68 so‘m 73 tiyinga qimmatlab, 139 so‘m 91 tiyin etib belgilangani haqida xabar bergan edik.
Xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatining keskin oshishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasman axborot berdi. Unda qayd etilishicha, ayni paytda valyuta kursining muvozanat darajasi hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 AQSh dollari uchun 8000-8150 so‘mni tashkil etmoqda. Markaziy bankning kursi doimgidek har dushanba kuni o‘tgan hafta davomida valyuta birjasida o‘tkazilgan savdolarda qayd etilgan kurslarning o‘rtacha qiymati darajasida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tarqatgan rasmiy axborotning to‘liq matnini e’tgiboringizga havola etamiz:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasidagi davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini o‘rnatishda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llashdan iboratdir.
2003-2017 yillarda kursni shakllantiruvchi omillar dinamikasining tahlili asosida, shuningdek, banklar tomonidan importyor korxonalarga shartnomaviy kurs bo‘yicha chet el valyutasini sotishning sinov savdolari natijalarini inobatga olgan holda, bugungi kunda valyuta kursining muvozanat darajasi hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 AQSh dollari uchun 8000-8150 so‘mni tashkil etmoqda.
Shu munosabat bilan, Markaziy bankning valyuta kursi 2017 yilning 5 sentyabridan boshlab 1 AQSh dollari uchun 8100 so‘m darajasida o‘rnatilmoqda.
Markaziy bankning kursi, avvalgidek, har dushanba kuni o‘tgan hafta davomida valyuta birjasida o‘tkazilgan savdolarda qayd etilgan kurslarning o‘rtacha qiymati darajasida belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi hududida buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti hamda boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi.
Chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha banklararo savdo sessiyalari O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida har kuni o‘tkazilib, bunda valyuta kursi chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifning joriy nisbati asosida aniqlanadi hamda valyuta birjasining saytida e’lon qilib boriladi”.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi