16:22 / 12.09.2017
5 392

AQSh davlat qarzi tarixda birinchi bor 20 trln dollardan oshib ketdi

AQSh davlat qarzi tarixda birinchi bor 20 trln dollardan oshib ketdi
AQSh davlat qarzi o‘tgan juma kuni tarixda birinchi marta 20 trln dollarlik ko‘rsatkichdan oshib ketdi. Bu haqda «The Washington Examiner» nashriga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, qarz mart oyi o‘rtalarida 19,84 trln dollarlik darajada muzlatib qo‘yilgandi. Moliya vazirligi federal hukumat o‘zlashtirmalarsiz faoliyat olib borishi uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirdi. Bu Oq uyga o‘tgan hafta oxirida davlat qarzi bo‘sag‘asini vaqtinchalik oshirish haqida qonun qabul qilgan Kongress bilan maslahatlashuvlar o‘tkazib olish uchun vaqt berdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp qonunni juma kuni imzoladi, bu mablag‘larni o‘zlashtirish jarayonini tiklashga imkoniyat yaratdi. Shu bilan birga, davlat qarzining yangi limiti davlat muassasalariga faqatgina 8 dekabrga, Kongressda 2018-moliyaviy yil uchun federal byudjet ustida ish davom etayotgan paytgacha ishlashga imkon beradi.

Amerika davlat qarzi holatini kuzatib boruvchi portal ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda uning miqdori 20,16 trln dollarga teng, bu mamlakat YaIMdan 100 foizga ko‘p. U 19,3 trln dollarni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » AQSh davlat qarzi tarixda birinchi bor 20 trln dollardan oshib ketdi