O‘zbekiston Fan va texnologiyalar agentligi hamda «Yashnobod» texnoparki direksiyasi texnopark rezidenti maqomini olish uchun innovatsion ishlanmalarni saralashni boshladi, deb yozadi «Gazeta.uz» nashri.
O‘zbekiston Fan va texnologiyalar agentligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, bugungi kunda 3D-printerlar va ko‘p funksiyali onlayn kassa apparatlari ishlab chiqarishni rejalashtirgan ikki korxonaga rezidentlik maqomi berilgan.
«Yashnobod» texnoparki rezidenti maqomini olish uchun Toshkentda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni mo‘ljallagan har qanday korxona, poytaxtning qaysi tumanida joylashganidan qat’i nazar, ariza topshirishlari mumkin.
«Yashnobod» texnoparki «Yangiobod» bozori hududining yarim qismini — 7,5 gektarga yaqin maydonni egallaydi. Avval foydalanilgan tovarlar savdosiga ixtisoslashgan «Yangiobod» bozori esa ikki oy muddatda poytaxtning Bektemir tumani hududiga ko‘chiriladi.
Innovatsion texnopark direksiyasi Toshkent shahri Yashnobod tumani Majnuntol ko‘chasi 5-uy manzilida joylashgan. Mo‘ljal — Mudofaa vazirligi (sobiq Aviasozlar) madaniyat saroyi. Ma’lumotlar uchun telefon raqamlari: (+99890) 995−49−08, (+99893) 652−42−50. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot