«Apple»ning sobiq menejeri kompaniya sirlarini sotgani uchun 1 yil muddatga qamaldi

«Apple» kompaniyasining xalqaro jo‘natmalar bo‘yicha sobiq menejeri Pol Divaynning jinoyati bo‘yicha sud jarayonlari yakunlanib, unga bir yillik qamoq jazosi hamda 4,5 million dollarlik jarima belgilandi. Bu haqida «Business Insider» nashriga asoslanib «Kun.uz» ma’lum qiladi.
Pol Divayn 2005 yildan 2010 yilgacha «Apple»ning xalqaro jo‘natmalar bo‘limi menejeri lavozimida ishlagan, 2010 yilda esa, osiyolik tadbirkorliklarga kompaniya mahsulotlarining qanday yig‘ilishi bo‘yicha maxfiy ma’lumotlarni bir necha million dolllar evaziga sotib yuborgani uchun hibsga olingan edi. 3 yil oldin, u barcha aybni bo‘yniga olgan va uni endi 20 yillik qamoq jazosi kutayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.
San-Xose sudi faqat 2014 yil 8-dekabr kuniga kelibgina Pol Divayn uchun hukm e’lon qildi. Sud jarayonlari nima uchun bu qadar ko‘p vaqtga cho‘zilgani va jinoyatchiga nega kutilganidan ko‘ra ancha kam muddat berilgani sabablari ma’lum qilinmagan.
foto: Kun “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing