09:53 / 05.02.2018
4 547

O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 16 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi

O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 16 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi
AQShning «The Heritage Foundation» tadqiqot markazi erkin iqtisodiyotga ega davlatlar reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston 51,5 ball bilan 152-o‘rindan joy oldi. Bu haqida «Sputnik» xabar berdi.

O‘tgan yilgi reytingda O‘zbekiston 166-o‘rinda (46 ball) joylashgandi.

Sobiq ittifoq davlatlari reytingda quyidagi o‘rinlarda joylashdi: Estoniya (7), Gruziya (16), Litva (19), Latviya (28), Qozog‘iston (41), Armaniston 44), Ozarbayjon (67), Qirg‘iziston (78), Moldova (105), Tojikiston (106), Rossiya (107), Ukraina (150), Turkmaniston (169).

Reytingning birinchi pog‘onasidan qatorasiga 24-marta Gonkong joy oldi.

Iqtisodiy erkinlik indeksi 1995 yildan buyon «Wall Street Journal» va «Heritage Foundation» tadqiqot markazi tomonidan e’lon qilib kelinadi. «Heritage Foundation» ekspertlari iqtisodiy erkinlikni «hukumatning tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, tarqatish hamda iste’mol qilish ishlariga aralashmasligi yoki to‘sqinlik qilmasligi, fuqarolar muhofazasi va erkinligini ta’minlash bundan mustasno» deya ta’riflashadi.

Iqtisodiy erkinlik indeksi ko‘rsatkichlari biznes, soliq, savdo, pul, investitsiya, moliya, mehnat munosabatlari erkinligi, mulk huquqining himoyalanganligi va hukumat aralashuvidan hamda korrupsiyadan xoli bo‘lish mezonlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Ushbu indeks bo‘yicha mamlakatlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: erkin — 80−100 ball, asosan erkin — 70−79,9 ball, o‘rtacha erkin — 60−69,9 ball, asosan erkin bo‘lmagan —50−59,9 ball va bosim ostidagi iqtisodiyot — 0−49,9 ball.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 16 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi