22:16 / 16.02.2018
5 749

Mirziyoyev tojik tadbirkorlari uchun 100 mln dollar ajratadi

Mirziyoyev tojik tadbirkorlari uchun 100 mln dollar ajratadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida tojik tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar ajratish to‘g‘risida bitim imzolanadi. Bu haqda Aziya Plyus xabar bermoqda.

Keltirilgan summa Tojikiston banklarining hisobiga imtiyozli tarzda o‘tkaziladi. O‘zbekiston tomonidan ajratiladigan bu mablag‘ qaysi bank hisobiga o‘tishi esa ma’lum qilinmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kreditlar tojikistonlik tadbirkorlarga katta imtiyozlar berishi ta’kidlangan.

Kredit shartlarida mazkur mablag‘ O‘zbekiston hukumati va xususiy korxonalari bilan ishlashni istagan va aniq rejaga ega bo‘lgan tojikistonlik biznesmenlarga berilishi ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, 2017 yilda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2016 yilga nisbatan 82 foizga oshib, 126 mln dollarni tashkil qilgan.

Ushbu savdo aylanmasi tarkibini 69 mln dollarlik Tojikistonga, 57 mln dollarlik O‘zbekistonga eksport qilingan tovarlar tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Mirziyoyev tojik tadbirkorlari uchun 100 mln dollar ajratadi