15:26 / 23.02.2018
5 107

Jamshid Qo‘chqorov: “Bizning maqsad o‘zbek kompaniyalarini zamonaviy korporatsiyalarga aylantirish”

Jamshid Qo‘chqorov: “Bizning maqsad o‘zbek kompaniyalarini zamonaviy korporatsiyalarga aylantirish”
O‘zbekiston joriy yilda ilk bor 200dan 300 million AQSH dollarigacha bo‘lgan summadagi yevroobligatsiyalarni sotishni rejalashtirayapti.

Bu haqda “Bloomberg” axborot agentligiga Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qilgan.

O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolagan AQSHning “Citigroup Inc.” kompaniyasi mamlakatimizning suveren(mustaqil) kredit reytingini yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yevrobondlarni chiqarish hajmi hozircha muhokama etilayapti va shu bo‘yicha qaror Prezident tomonidan qabul qilinadi.

“Biz o‘zbek kompaniyalari ham xalqaro moliya bozoriga chiqishini xohlaymiz. Bizning maqsad ularni zamonaviy korporatsiyalarga aylantirishdir”, — deydi J. Qo‘chqorov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jamshid Qo‘chqorov: “Bizning maqsad o‘zbek kompaniyalarini zamonaviy korporatsiyalarga aylantirish”