16:15 / 26.02.2018
4 647

Dollarning rasmiy kursi yana tushdi

Dollarning rasmiy kursi yana tushdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 27 fevraldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 11.09 so‘mga arzonlagan va 1 dollar 8171 so‘mu 64 tiyinga teng bo‘lib turibdi.

Bir yevro kursi 97,94 so‘mga arzonlab, 10060,92 so‘mga tushgan.

1 Rossiya rubli kursi esa 0,79 so‘mga oshib, 145,89 so‘mni tashkil qilmoqda.

Qayd etish kerakki, o‘tgan haftada ham dollarning rasmiy kursi ketma-ket o‘sishdan keyin ilk marta pasaygandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollarning rasmiy kursi yana tushdi