5 588
VM qarori loyihasi: Bank tizimi eskicha ishlash tizimidan voz kechib, to‘liq liberallashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi sayti — regulation.gov.uz’da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muallifligida “Bank xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgan.
2018 yil 31 martda kuchga kiritilishi kutilayotgan hujjat bank xizmatlari ko‘rsatishda iste’molchilar huquqlarini himoyalashni ta’minlovchi mexanzimlarni takomillashtirish va innovatsion rivojlanishning zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda moliyaviy foydalanish darajasini oshirish, shuningdek, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilinmoqda.
Taklif etilayotgan qaror loyihasining asosiy va muhim nuqtalari quyidagilardan iborat:
- Bundan buyon bank xizmatlari foydalanuvchilari huquqlarining himoyasi Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri, deya belgilanmoqda. Bu haqdagi norma Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunda ham aks etishi kutilmoqda;
- 2018 yil 1 iyuldan boshlab barcha toifa mijozlar tijorat banklarining bank xizmatlari amalga oshiriladigan bino va zallariga hech qanday hujjatlarni taqdim etmasdan va oldindan ruxsatsiz kirish huquqiga ega bo‘ladi. Hozirda amal qilayotgan rejim talablariga ko‘ra, bank binolariga kirishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki tegishli tartibda ruxsatnoma talab etiladi;
- Bundan buyon kredit tashkilotlariga qarzdorlikning yarmi summasidan ko‘p bo‘lgan miqdorda foiz, jarima va penya hisoblash taqiqlanadi. Shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik biznes subyektlaridan kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqqanlik, ssuda hisob-varaqlarini yuritganlik, kredit ajratganlik kabi yo‘nalishlarda komissiyalar undirilishi to‘xtatiladi;
- Tijorat banklari filiallarining Bosh banki ruxsati va qo‘shimcha kelishuvlarisiz kredit ajratish vakolatlari kengaytiriladi. Ayni paytda aksar tijorat banklarining filiallari Bosh banki ruxsatisiz kredit ajratishni ma’qullash vakolatlari cheklangan — “Barchasini Toshkent hal qiladi”;
- 2018 yil 1 apreldan boshlab xalqaro plastik kartalardan O‘zbekiston hududida naqd valyuta yechish, xususan, konversion kartalar qoldiqlarini valyuta omonatlariga o‘tkazish cheklovlar bekor qilinadi. Shuningdek, endi konversion kartalarga valyuta olish yoki undagi qoldiqlardan masofadan turib foydalanishning keng imkoniyatlari yaratiladi;
- 2018 yil 1 noyabrdan boshlab tijorat banklari avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tizimini yaratadi.
Qaror loyihasida bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va osonlashtirish bilan bog‘liq boshqa ko‘plab bandlar ham mavjud.
Bir so‘z bilan aytganda, Markaziy bank valyuta sohasida boshlangan islohotlar bilan to‘xtab qolgani yo‘q. Islohotlarning endigi to‘lqini sovet tipida qotib qolgan, o‘tmish paradigmalarida yashashda davom etayotgan bank tizimini infrastrukturaviy liberallashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi