14:03 / 17.03.2018
4 813

Tadbirkorlar uchun elektron guvohnoma joriy qilindi

Tadbirkorlar uchun elektron guvohnoma joriy qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari, xususan, palata a’zolari uchun elektron guvohnoma joriy etildi.

Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan tatbiq etilgan ushbu elektron guvohnomada palata a’zosining yuridik nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek, palata a’zosining soliq to‘lovchining indentifikatsion raqami (STIR), guvohnomaning amal qilish muddati hamda boshqa ma’lumotlar kiritilgan. Bu zarurat tug‘ilganda tadbirkorlik sub’ektlariga oid ma’lumotlarni palataning elektron bazasidan tekshirish imkoniyatini beradi.

— Elektron guvohnomalarning afzalliklari ko‘p, — deydi Savdo-sanoat palatasi bo‘lim boshlig‘i Dilfuza Ro‘zmetova. — Avvalo, guvohnomalarni onlayn tarzda egalariga yuborish tizimi yaratildi. Bu tadbirkorlarning vaqtini tejaydi, ayniqsa, chekka hududlardagi korxona va kompaniya vakillariga, tadbirkorlik sub’ektlariga guvohnomani topshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartiradi. Guvohnomanini qo‘lga kiritish vaqti ham tezlashadi.


Yana bir muhim jihat. Guvohnomada QR-kod, palataning rasmiy veb-saytiga havola, palataning “Call-center” raqami aks ettirilgan. Bu ularni qalbakilashtirishning oldini oladi.

Qayd etish joizki, guvohnomaning yangi elektron ko‘rinishi, birinchi navbatda, palata a’zoligiga qo‘shilayotgan tadbirkorlarga va a’zolik guvohnomasining amal qilish muddati tugagan palata a’zolariga beriladi. So‘ngra bosqichma-bosqich palataning barcha a’zosi guvohnomalari elektron shakldagisiga almashtiriladi.
Rahim ShERQULOV


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Tadbirkorlar uchun elektron guvohnoma joriy qilindi