Suratdagi banknot rasmiy emasligini aytib o‘tildi. Foto: “UzNews.uz”
“Toshkent” telekanalida bo‘lib o‘tgan “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida Markaziy bank boshqaruvining rahbarlari va mas’ul xodimlari OAV xodimlarining savollariga javob berdilar.
Suhbat chog‘ida Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i Majid Tohirov internet orqali keng tarqalayotgan 100 ming so‘mlik banknota dizayni va suratlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi hamda suratdagi banknot rasmiy emasligini aytib o‘tdi.
“Bunday ma’lumotga faqatgina Markaziy bank rasmiy saytida e’lon qilinganidan keyingina, rasmiy deb qarash mumkin”, — dedi Tohirov.
Tohirov, shuningdek, 100 ming so‘mlik muomalaga kiritilishi haqida 2 hafta oldin Markaziy bankning rasmiy saytida xabar berilishini ma’lum qildi.
Bu xabarlar bugun yangilik emas.
So‘nggi paytlarda 100 ming so‘mlik muomalaga kiritilishi bo‘yicha ko‘plab xabarlar tarqalmoqda va Markaziy bank an’anaviy tarzda bu ma’lumotlarni rad etib kelmoqda. Ammo ko‘p hollarda axborot rad etilganidan so‘ng ko‘p o‘tmay Oliy Majlis Senati Kengashi bilan muvofiqlikda Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan holda yangi banknotalar muomalaga kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi