
O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari o‘zaro ikki tomonlama aloqalarni mustaxkamlash va mamlakatlar o‘rtasida investitsiyaviy muhitni yaratish bo‘yicha bir qator ishochli harakatlarni amalga oshirdi. Tashrif davomida o‘tkazilgan Biznes forumda Toshkent shahar hokimligi turkiyalik ishbilarmonlar bilan umumiy qiymati 455,2 mln.dollarga teng bo‘lgan 14 loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda hokimlik rasmiy saytida xabar berilgan.
Mazkur kelishuvlarni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimining tegishli qarori bilan «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Unga muvofiq poytaxtimizda 6 ta yangi zamonaviy mehmonxonalar barpo etiladi. Shuningdek, tasdiqlangan «yo‘l xaritasi»ga ko‘ra aholini va poytaxtimiz mehmonlarini bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari uchun savdo va ko‘ngil ochar maskanlari barpo etilish rejalashtirilgan.
Shartnomalarda tekstil va sanoatning boshqa turlari bo‘yicha bir qator loyihalar ham amalga oshirilishi ko‘zlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar