Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston eksporti 2,9 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan qariyb yarmi (49 foizi) Shveysariyaga oltin eksport qilish hissasiga to‘g‘ri keldi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida yurtimizda to‘lov balansi metodologiyasi bo‘yicha tovarlar eksporti 2,6 milliard dollar, importi esa 3,6 milliard dollarni tashkil etgan.
Mahsulotlar importi hajmining oshishi ishbilarmonlarning iqtisodiyotning norasmiy sektoridan bank sektoriga o‘tishi, shuningdek, xorij valyutasidagi kreditlar ko‘magida korxonalar ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish hisobiga bo‘ldi.
Eksport tovarlarining umumiy hajmida oltin (1,3 milliard dollar) va gaz (487,2 million dollar) ustunlik qilib, ular eksport summasining 61 foizini qamrab oldi.
Xalqaro bozorlarda shakllangan oltin va gaz narxlari mamlakatning umumiy eksporti hajmiga sezilarli ta’sir qilgan bo‘lsa, Shveysariya o‘zbek tillasi eksport qilingan asosiy mamlakatga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi