20:02 / 22.09.2018
4 507

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizdan 16 foizgacha oshirdi

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizdan 16 foizgacha oshirdi
Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini 2018 yilning 25 sentyabridan 2 foiz bandga oshirib, yillik 16 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Mazkur qaror soʻnggi oylarda yuzaga kelgan tashqi iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda qabul qilinib, inflyatsion kutilmalarning oshishi, maʼmuriy tartibga solinadigan narxlarning oʻsishi va valyuta almashuv kursi oʻzgarishining ichki narxlarga taʼsiri kuchayayotgan sharoitlarda inflyatsion bosimni pasaytirishga yoʻnaltirilgan.

Yillik inflyatsiya surʼatlarining sekinlashib borishiga qaramasdan, inflyatsion xatarlarning kuchayishi hisobiga kelgusida ushbu dinamikaning oʻsish tomonga oʻzgarishi ehtimoli keskin oshdi. Pul-kredit siyosatining qatʼiylashtirilishi mazkur xatarlarni hamda inflyatsion kutilmalarni pasayishiga xizmat qiladi.

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. Yillik inflyatsiya darajasi 2018 yilning avgust oyida ham dastlabki prognoz koʻrsatkichlari doirasida pasayishda davom etib, 15,7 foizni tashkil etdi. Mazkur dinamika meva-sabzavotlar narxlarining mavsumiy arzonlashishi hamda 2017 yildagi pul massasi oshishi va milliy valyuta devalvatsiyasining inflyatsiya darajasiga taʼsirini kamayib borishi bilan izohlanadi.

Markaziy bank tomonidan 2018 yilning boshida iqtisodiy rivojlanishning bazaviy ssenariysiga muvofiq yil yakuni boʻyicha inflyatsiya darajasini 11,5-13,5 foiz oraligʻida boʻlishi prognoz qilinib, ushbu prognoz quyidagilarga asoslangan edi:
  • asosiy savdo hamkor davlatlarda makroiqtisodiy barqarorlikning yanada mustahkamlanishi bilan mamlakatimiz uchun qulay tashqi iqtisodiy sharoitlarning saqlanib qolinishi;
  • maʼmuriy tartibga solinadigan narx va tariflarning bir maromda oshirilishi;
  • umumlashtirilgan davlat byudjetining muvozanatli ijrosi taʼminlanishi;
  • iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining moʻtadil surʼatlarda oʻsishi.

Ammo, bugungi kunda yuzaga kelgan holat monetar siyosatning 2018 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari va keyingi pul-kredit siyosati sharhlarida qayd etilgan inflyatsion xatarlarning kuchayayotganligini koʻrsatmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizdan 16 foizgacha oshirdi