
Qozog‘istonlik ishbilarmonlar O‘zbekiston bilan eksport amaliyotlari bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi savdo palatasi xabar berdi.
O‘zaro hamkorlikda 1,5 mln. dollardan ziyod bitimlar imzolandi. Shuningdek, baliqchilik xo‘jaliklari uchun 20 ming tonna ozuqa yetkazib berish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston Tashqi savdo palatasi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan VII Markaziy Osiyo savdo forumi doirasida o‘z ko‘rgazmasini tashkil qilgan. Unda ushbu mamlakatning mashinasozlik, kabel-sim mahsulotlari, metallurgiya, agrosanoat sektori, xalq xo‘jaligi tovarlari, yengil sanoat, oziq-ovqat, qurilish, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadigan 29 ta kompaniya ishtirok etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar