
2019 yilda O‘zbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatida maydoni 314 gektar bo‘lgan teplitsalar ishga tushadi. Ushbu loyihani ishga tushirish uchun “Eko-kultura” kompaniyasi sarmoyasi 472 mln dollarni tashkil qiladi deb yozadi Sputnik AgroInvestor portali xabariga asosan.
Shuningdek kompaniya 1000 gektar maydonda mevalar yetishtirishni rejalashtirgan: gilos, abrikos, olcha, shaftoli va boshqalar. Bu loyihaning umumiy qiymati 92 mln. dollar.
Rossiya kompaniyasi shuningdek meva-sabzavotlarga quritish va muzlatish kabi ishlov berishni yo‘lga qo‘yadi hamda saqlash xonalari quradi.
“Eko-kultura” tayyor mahsulotining 40 %ini Rossiyaga, 60 %ini – Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va Yevropaga eksport qilishni rejalashtirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar