4 836
Markaziy banki raisi: "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahriri tayyor
Qozog‘iston moliyachilarining VIII kongressida O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov O‘zbekistonda "Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi" qonunning yangi tahriri tayyor ekanligini ma’lum qildi, deya xabar beradi "Turon24" AA.
"Tayyor bo‘lgan qonun loyihasini biz xalqaro moliyaviy institutlar – Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va boshqa tashkilotlarga taqdim etdik. Bundan ko‘zlangan maqsad, mazkur tashkilotlar tomonidan yangi tahrirdagi qonun loyihasi bo‘yicha fikrlarini bilishdir”, – deydi Markaziy bank raisi.
Nurmurodov keyingi yilning birinchi yarim yilligida bank faoliyati bilan bog‘liq uchta – "Markaziy bank to‘g‘risida", "Bank ishi to‘g‘risida" va "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunlar qabul qilinishi haqida ham ta’kidlab o‘tdi.
"Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririni ishlab chiqish haqida 2018 yil uchun Davlat dasturida aytib o‘tilgandi. Loyiha joriy yilning 30 sentyabriga qadar ishlab chiqilishi belgilangandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...