16:47 / 15.12.2018
4 361

Dollarning rasmiy kursi yana o‘sishni boshladi

Dollarning rasmiy kursi yana o‘sishni boshladi
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi dushanba kuni 13 so‘mga oshadi va 8325,6 so‘mni tashkil qiladi. Bunday xulosa valyuta birjasidagi bir haftalik savdo ko‘rsatkichlaridan kelib chiqmoqda.

Dollarning birja kursi shu hafta davomida 12 so‘mga oshdi va 8329 so‘mda to‘xtadi. Hafta davomida birjada amalga oshirilgan savdolarning umumiy miqdori 379,17 mln AQSh dollariga teng bo‘ldi.

15 dekabrga kelib, tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalaridagi dollarning o‘rtacha xarid kursi 8330 so‘mni tashkil qilmoqda, sotuv kursi esa 8360 so‘mga teng.

Shu hafta Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 2,2 so‘mga pasaytirdi. Bu 4 oyda ilk bor yuz berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollarning rasmiy kursi yana o‘sishni boshladi