O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi dushanba kuni 13 so‘mga oshadi va 8325,6 so‘mni tashkil qiladi. Bunday xulosa valyuta birjasidagi bir haftalik savdo ko‘rsatkichlaridan kelib chiqmoqda.
Dollarning birja kursi shu hafta davomida 12 so‘mga oshdi va 8329 so‘mda to‘xtadi. Hafta davomida birjada amalga oshirilgan savdolarning umumiy miqdori 379,17 mln AQSh dollariga teng bo‘ldi.
15 dekabrga kelib, tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalaridagi dollarning o‘rtacha xarid kursi 8330 so‘mni tashkil qilmoqda, sotuv kursi esa 8360 so‘mga teng.
Shu hafta Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 2,2 so‘mga pasaytirdi. Bu 4 oyda ilk bor yuz berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi