“Korzinka” supermartketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov O‘zbekistonda tadbirkor bo‘lish uchun qanday xususiyatlarga ega bo‘lish kerakligi haqida o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bizda tadbirkor bo‘lish juda oson. Buning uchun atigi quyidagi sifatlarni o‘zida mujassam qilish kifoya, xolos, - deb yozadi Hoshimov o‘zining telegram kanalida.
1) Maqsad sari intiluvchan
2) O‘ta qiziquvchan
3) O‘ziga ishongan
4) Sharoitlarga tez moslashuvchan
5) Ustomon
6) Pozitiv
7) Ambitsiyali
8) Aniq fikr, ilm va tasavvurga ega
9) Ishonchli
10) Sabrli
11) Faqat o‘z kuchiga suyanadigan
12) Dadil
13) Dunyo bir kamligini anglagan
14) Kechirimli
15) Yaratuvchan
16) Soniyalarda qaror qabul qila oladigan
Va nihoyat, - deya hazilomuz qo‘shib quygan :
17) Yangi yildan boshlab, ya’ni ikki haftadan so‘ng qay tarzda va qanday soliqlar to‘lashi kerakligini bilmasada, kelajak rejalarini tuza oladigan.
Ko‘rdingizmi, tadbirkor bo‘lish juda oson, demadimmi? ...
Albatta, ushbu ro‘yxatning so‘nggi punkti bugungi kunda O‘zbekistondagi ko‘plab tadbirkorlarni qiziqtirmoqda. Bir necha oy oldin O‘zbekistonda soliq kodeksining butunlay yangi konsepsiyasi ishlab chiqarilgan edi, lekin u hanuzgacha qabul qilinmagan. Sabab - Hukumat va Parlament yangi soliq kodeksi borasida haligacha yagona xulosaga kelishgani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi