
O‘zbekistonda eng kam ish haqi belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqish lozim. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga navbatdagi Murojaatnomasi vaqtida ma’lum qilindi.
"Eng kam ish haqi belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqish kerak. Soliq va boshqa to‘lovlarni eng kam ish haqiga bog‘liq bo‘lishi noto‘g‘ri. Bu butunlay noto‘g‘ri tizim. Shuning uchun, Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda bu tizimni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‘n barobarigacha oshirildi. Kelgusida rivojlanishimiz bir maromda bo‘lsa, bu cheklovlarni butunlay bekor qilishni maqsad qilganmiz", deya gapirib o‘tdi Prezident. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar