2019 yilning 1 yanvaridan boshlib eng kam ish haqi oluvchi xodimlarning ish haqlari o‘rtacha 10 foizga oshirildi, deb xabar bermoqda Moliya vazirligi matbuot-xizmati.
Vazirlik xabariga ko‘ra, endilikda:
- 1-razryadda ish haqi oluvchi xodimlar (farroshlar, qoravullar, ishchilar va boshqalar) ning ish haqlari 1,15 barobarga;
- 2-razryadda ish haqi oluvchi xodimlar (engil avtomobil xaydovchilari, bog’bonlar, ish yurituvchilar va boshqalar) ning ish haqlari 1,1 barobarga;
- 3 razryadda ish haqi oluvchi xodimlar (elektriklar, santexniklar, kassirlar, laborantlar va boshqalar) ning ish haqlari 1,05 barobarga oshirildi.
Shunday qilib, eng kam ish haqi miqdorlarining oshirilishi (2018 yil 15 iyuldan 7 %ga va 1 noyabrdan esa 10 %ga) va kam ish haqi olib 1 razryadda ishlovchi xodimlarning ish haqlarini oshirilishi hisobiga eng kam ish haqi miqdori o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 1,35 barobarga (1,07×1,1×1,15) oshirildi.
Misol uchun, byudjet tashkilotlarida 1 stavkaga ishlovchi farroshning oylik ish haqi miqdori o‘tgan yilning 1 yanvar holatiga (ustama va qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olmagan holda) 426,5 ming so‘m (172 240 × 2,476) bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yil 1 yanvaridan esa 577 ming so‘mni (202 730 × 2,847) tashkil etdi, yoki 151 ming so‘mga oshdi.
Ta’kidlash lozimki, eng kam ish xaqi miqdorining va yagona tarif setkasining quyi darajalari tarif koeffitsientlarining oshirilishi byudjet soxasida faoliyat yuritayotgan 370 ming ishchining oylik ish xaqini va shu bilan birga iqtisodiyotning turli jabxalarida kam ish haqi olib ishlovchi ishchilarning ish haqlarini oshishiga olib keladi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi