
Toshkent shahar hokimligida «RIMC Hotels & Resorts Group» kompaniyasi arxitektori Xadi Tegrani ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zaro muloqot davomida mehmon Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi hamda 1 may kuni poytaxt arxitektorlari uchun mahorat darsini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rganligini qayd etdi.
Ikki tomonlama aloqalarning istiqbollarini muhokama qilish davomida delegatsiya a’zolari Toshkent shahrining tashrif qog‘oziga aylanadigan o‘ziga xos inshootni bunyod etish taklifini bildirishdi, shuningdek, “Etnopark” va premium klass mehmonlarini qurishda ham faol ishtirok etish niyatlari borligini ma’lum qilishdi.

«RIMC Hotels & Resorts Group» kompaniyasi Yevropadagi mehmonxona xo‘jaligida yetakchi xalqaro operatorlardan hisoblanadi. Hozirgi kunda «RIMC Hotels & Resorts Group» Germaniya, Shveysariya, Avstriya, Italiya, Ispaniya, Daniya, Turkiya va Benilyuks davlatlaridagi 32 ta mehmonxonani birlashtirgan. 1990 yildan bugunga qadar dunyo bo‘ylab mehmonxonalar qurilishi bo‘yicha 200dan ortiq loyihani amalga oshirgan. Uning loyihalari mehmonxona xo‘jaligiga daxldor barcha ob’ektlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Ma’lum qilinishicha, «RIMC Hotels & Resorts Group» kompaniyasi mamlakatda turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga 4 mlrd AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritadi. Ushbu mablag‘ asosida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada o‘zaro hamkorlikda savdo, tadbirkorlik, madaniy va ko‘ngilochar markazlar quriladi. Shuningdek, yo‘l infratuzilmasi hamda aeroportlarda modernizatsiya tadbirlari amalga oshiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar