12:50 / 09.08.2019
3 717

Tijorat banklarida dollar kursi keskin koʻtarildi

Tijorat banklarida dollar kursi keskin koʻtarildi
Oʻzbekistonda tijorat banklari chet el valyutasini sotib olish kursini keskin koʻtardi.

Xususan, “Asakabank”da dollarni sotib olish narxi 8840 soʻm, sotish narxi 8900 soʻmni tashkil etmoqda. “Aloqabank” valyuta ayirboshlash punktlarida dollarni sotib olish narxi 8840 soʻm, sotish esa 8880 soʻmga teng.

“Hamkorbank”da dollarni sotib olish narxi 8840 soʻm, sotish - 8900 soʻm.

“Kapitalbank” rasmiy veb-saytida dollarni sotib olish narxi 8740 soʻm, sotish narxi 8800 soʻm ekani koʻrsatilgan. Shu bilan birga, ushbu bankning mobil ilovasida bir dollarni 8900 soʻmga sotib olish mumkinligi koʻrsatilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 6-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 38,16 soʻmga koʻtarilgan va 1 dollar 8704,87 soʻmga yetgan. Bu ilk bor rasmiy kurs 8700 soʻmlik nuqtadan oshishi boʻldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Tijorat banklarida dollar kursi keskin koʻtarildi