07:53 / 29.08.2019
2 510

Xitoy O‘zbekistonda tabiiy dorilarga asoslangan shifoxona qurishi mumkin

Xitoy O‘zbekistonda tabiiy dorilarga asoslangan shifoxona qurishi mumkin
Xitoy O‘zbekistonda tabiiy dorivor vositalarga asoslangan tibbiyot markazi qurishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 28 avgust kuni Xitoy ilm-fan va texnika vaziri Van Chjigan bilan uchrashuvda muhokama olib borgan.

– Ayni kunlarda O‘zbekistonning yosh olimlari XXRning yetakchi ilmiy muasassalarida stajirovka kurslarini o‘tash uchun jo‘natilishiga doir tanlov e’lon qilingan bo‘lib, tanlovga arizalar topshirish jarayoni davom etmoqda, — degan Innovatsion rivojlanish vaziri uchrashuvda. — Joriy yilning sentyabr oyida esa 20 ta maqsadli loyiha tanlovi e’lon qilinadi. Tanlov g‘oliblarining loyihalari 2020 yilning yanvar oyidan O‘zbekiston va Xitoy tomondan moliyalashtiriladi.

Xitoyning ilm-fan va texnika vaziri Van Chjigan mazkur tanlovni o‘tkazish va moliyalashtirish reglamenti yaqin kunlarda o‘zbekistonlik hamkorlarga jo‘natilishini va o‘zaro kelishilgan holda shaffoflik va ochiqlikka asoslangan tanlov qonun-qoidalari tasdiqlanishini aytgan.

Shuningdek, O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma texnoparklarini yaratish va rivojlantirish borasida ham fikrlar almashilgan. Xususan, O‘zbekistondagi texnopark xodimlari va rezidentlaridan iborat mutaxassislar Xitoyda sohaga doir amaliyotdan o‘tishlari borasida kelishilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xitoy O‘zbekistonda tabiiy dorilarga asoslangan shifoxona qurishi mumkin