2 775
Dilshod Sultonov: “QQS stavkasining pasayishi davlat byudjeti daromadlarini 10 trillion soʻmga kamaytiradi”
25-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev soliq siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Unga koʻra, tadbirkorlik subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi.
3-oktyabr kuni Xalqaro press-klubda shu mavzuga bagʻishlangan muloqot boʻlib oʻtdi. Unda Moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod Sultonov ham ishtirok etib, oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
«QQS stavkasining pasayishi haqida gapirish oson. Lekin buning orqasida juda katta mehnat yotibdi. QQS stavkasining 20 foizdan 15 foizga tushirilishi – soliq tushumining 25 foizga kamayishini anglatadi. Shu bilan birga, shunday mexanizm joriy qildik-ki, QQS toʻlovchilarning soni oshdi. Endi QQS toʻlovchilar zanjirining uzluksizligini taʼminlash uchun soliq toʻlovchilarning oʻzlari shu tizimga oʻtmoqda. 4 mingdan ortiq tadbirkor oʻz ixtiyori bilan shu soliqni toʻlayman deb yuribdi. Bundan tashqari 1-oktyabrdan QQS boʻyicha koʻplab imtiyozlar bekor qilindi.
QQS stavkasining pasayishi birinchi navbatda davlat byudjeti daromadlarining kamayishiga olib keladi, taxminan 10 trillion soʻmga. Ikkinchi tomondan, bu mablagʻlar soliq toʻlovchilarning ixtiyorida qoladi.
Albatta QQSni oxir-oqibatda isteʼmolchi, xalq toʻlaydi. Ammo QQS stavkasining pasayishi natijasida bu mablagʻlar tadbirkorlik subyektlari hisobida qoladi, ularning aylanma mablagʻlari koʻpayadi.
QQS stavkasi 15 foizga pasayganini 2020-yilgi byudjet loyihasida inobatga olganmiz», - dedi Dilshod Sultonov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»