17:36 / 07.10.2019
3 146

Timur Ishmetov: «Iqtisodiyotdagi dollarlashuv avvalgi iqtisodiy siyosatning natijasi» (video)

Timur Ishmetov: «Iqtisodiyotdagi dollarlashuv avvalgi iqtisodiy siyosatning natijasi» (video)
Iqtisodiyotdagi dollarlashuv aholining milliy valyutaga nisbatan ishonchi kamligi, avvalgi iqtisodiy siyosatning natijasidir. Bu haqda moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov The Uzbek Review’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Valyuta bo‘yicha ko‘plab cheklovlar, umuman, pul muomalasidagi cheklovlar barcha iqtisodiy agentlarning pulni imkon qadar dollarda to‘plashi, qarzlarni dollarda jalb qilishi va tranzaksiyalarni dollarda amalga oshirishiga olib keldi. Sababi, bu ishonchli va qulay bo‘lgan. Yuqori inflyatsiya biznes va aholini operatsiyalarni xorijiy valyutada amalga oshirishiga turtki beradi”, - deydi T. Ishmetov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, inflyatsiyaning o‘zi makroiqtisodiy siyosat natijasidir.

“Avvalgi iqtisodiy siyosat davlat tomonidan turli narxlarni ushlab turishga asoslangandi. Barcha sohada narxlar davlat tomonidan tartibga solingan. Bundan tashqari, iqtisodiyotning istalgan tarmog‘ida xatarlar cheklovlarni joriy etish bilan boshqarilgan. Ya’ni, qandaydir operatsiya xatari bo‘lsa, unda bu bilan ishlash o‘rniga shunchaki taqiqlab qo‘yilgan”, - dedi u.

Ishmetovning aytishicha, yuqori inflyatsiya aholi real daromadlarini “yutib” yuboradi.

“Yuqori inflyatsiya holatida biznes ishini rejalashtirishda qiynaladi. Inflyatsiyani past darajada saqlab turish o‘ta muhim, bu iqtisodiy siyosatning birinchi galdagi vazifasi. Inflyatsiya aholining o‘rta qatlamiga eng katta zarba beradi, katta tadbirkorlar esa buni unchalik sezmasligi ham mumkin”, - deydi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Timur Ishmetov: «Iqtisodiyotdagi dollarlashuv avvalgi iqtisodiy siyosatning natijasi» (video)