14:39 / 11.10.2019
3 280

Mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashni unutmadingizmi?

Mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashni unutmadingizmi?
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 272- va 287- moddalariga asosan egaligida soliq solinadigan mol-mulki va yer uchastkalari bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari to‘lovchilari hisoblanadi.
Joriy yilda Toshkent shahrida mol-mulk va yer solig‘i to‘lanishi lozim bo‘lgan 653 mingdan ortiq ob’ekt mavjud. Ularning egalariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning 20 mayiga qadar soliqlarni to‘lash haqidagi ma’lumotnoma yuborilgan.

Bugungi kunga qadar yurtimiz kelajagi uchun daxldorlik hissi bilan yashayotgan fuqarolar tomonidan 523 mingdan ortiq ob’ekt uchun to‘lovlar amalga oshirilgan. Tahlillarga ko‘ra, poytaxtimizning Chilonzor (85 foiz), Bektemir (82,5 foiz) hamda Uchtepa tumanlari (82 foiz) fuqarolari mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida barcha tuman davlat soliq inspeksiyalarida joriy yilning 15 oktyabriga qadar dam olish kunlarisiz har kuni soat 8.00 dan 20.00 ga qadar xizmat ko‘rsatiladi. Agarda Siz soliq organlari yoki banklarga borishga vaqt topa olmayotgan bo‘lsangiz, «CLICK», «PayMe» va boshqa zamonaviy elektron to‘lov vositalari yordamida mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Hurmatli poytaxtimiz fuqarolari!
Unutmang! Siz to‘lagan mol-mulk va yer soliqlari mahalliy byudjet daromadlarini to‘ldirib, poytaxtimiz aholisining ijtimoiy ehtiyojlari uchun sarflanadi. Shunday ekan, mol-mulk va yer soliqlarini bugun to‘lab, o‘z majburiyatlaringizni bajarish bilan birga shahrimiz obodligiga hissa qo‘shing!.

Toshkent shahar DSB Matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashni unutmadingizmi?