Jahon bozorida meva-sabzavot mahsulotlari savdosi 205 milliard dollarni tashkil etgan bir paytda, bizning ulushimiz bir foizga ham yetmayapti.
Bu haqda bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning meva-sabzavotchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish va eksportini oshirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida qayd etildi.
Davlatimiz rahbari taʼkidlashicha, bunga erishish uchun ekin va navlarni toʻgʻri tanlash, hosildorlik va daromadni kamida ikki-uch barobarga oshirish, isrofgarchiliklarni oldini olish, mahsulotlarni saqlash, logistika masalalari, eksportni toʻgʻri tashkil etish lozim.
Qayd etilganidek, kelgusi yilda meva-sabzavot eksportini 2,5 milliard dollarga yetkazish, keyingi uch yilda bu koʻrsatkichni 5 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari mavjud.
Bugungi kunda dunyo bozorlarida gilos, oʻrik, olxoʻri, anor, uzum, bodom, sitrus mevalar kabi mahsulotlarga talab yuqori va ushbu mahsulotlar eksport tushumining asosiy qismini tashkil etmoqda.
Oʻzbekistonda bunday mevazorlar, ayniqsa intensiv usuldagi bogʻlar yetarlicha tashkil etilmayotgani, bogʻ va tokzorlar yaroqsiz holatga kelib qolgani sababli ularning iqtisodiy samaradorligi oʻta past darajada qolayotgani, qator tumanlarda minglab gektar eski bogʻlar yillar davomida hosil bermayotgani tanqid qilindi. Hanuzgacha “mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash va qayta ishlash – eksport” zanjirini tashkil etadigan kooperatsiya tizimi joriy qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»