Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Bugun, 6 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi loyihasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar, ularning mazmun mohiyatiga bag‘ishlab Qonunchilik palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Qonunchilik palatasi Davlat byudjeti boshqarmasi boshlig‘i Komiljon Ernazarov Kodeksda tadbirkorlar va umuman soliq to‘lovchilar uchun yengilliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, soliq nazoratining yangi tartibi (kameral tekshiruv, sayyor tekshiruv, soliq auditi) soliq to‘lovchining tahlika-tahlili asosida taklif etilmoqda.
«Tahlika-tahlil dasturi inson omilisiz avtomatlashtirilgan holda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik sub’ektlarini mezonlar asosida xavflilik darajasiga qarab 3ta segmentga, ya’ni yashil, sariq, qizil yo‘laklarga ajratadi.
Xavflilik darajasi past bo‘lgan (yashil yo‘lakcha) korxonalarga nisbatan hech qachon soliq tekshiruvlari amalga oshirilmaydi va ushbu korxonalarga yuqori darajadagi soliq xizmatlari ko‘rsatiladi.
Xavflilik darajasi o‘rtacha bo‘lgan (sariq yo‘lakcha) korxonalarga nisbatan faqat kameral soliq tekshiruvi amalga oshiriladi va ushbu korxonalarga xato-kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hisobotini tuzatish imkoni beriladi hamda ularga moliyaviy jarimalar qo‘llanmaydi.
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, buxgalteriya hujjatlari va hisobvaraq-fakturalarni soxtalashtirish holatlari aniqlangan xavflilik darajasi o‘ta yuqori bo‘lgan (qizil yo‘lakcha) korxonalarga nisbatan soliq auditi tekshiruvi tadbirlari amalga oshiriladi va ushbu korxonalar doimiy nazoratda bo‘ladi. Ushbu tadbirlar soliq nazoratini amalga oshirishning shaffofligini ta’minlab, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya holatlarining oldini oladi», dedi Komiljon Ernazarov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»