4 617
2020 yil uchun byudjet taqsimoti: Xalq ta’limiga 18,6 trln so‘m, Sog‘liqni saqlashga 3,7 trln so‘m, ...
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi va hujjat 10 dekabrdan kuchga kirgani haqida xabar berilgandi. «Lex.uz»ga joylashtirilgan qonunga ko‘ra, davlat byudjetining jami miqdori 100 trillion so‘mdan oshgan.
Xususan, 5-ilovada respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdori keltirilgan.
Davlat byudjetining jami miqdori – 100 trillion 830 milliard 566,4 million so‘mni tashkil etadi.
Undan:
- Joriy xarajatlarga — 74 trillion 26 milliard 964,4 million so‘m;
- ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga — 12 trillion 441 milliard 609,1 million so‘m;
- davlat maqsadli fondlariga transfertlar — 9 trillion 248 milliard 82,8 million so‘m;
- O‘zbekiston Respublikasi byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi transfertlar — 5 trillion 113 milliard 909,9 million so‘m.
1. Moliya vazirligi — 27 trillion 588 milliard 744,1 million so‘m;
2. Xalq ta’limi vazirligi — 18 trillion 616 milliard 652,2 million so‘m;
3. Maktabgacha ta’lim vazirligi — 5 trillion 178 milliard 570,5 million so‘m;
4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi — 3 trillion 314 milliard 709,3 million so‘m;
5. Sog‘liqni saqlash vazirligi — 3 trillion 70 milliard 202,4 million so‘m;
6. Suv xo‘jaligi vazirligi — 2 trillion 682 milliard 3,5 million so‘m;
7. Transport vazirligi — 2 trillion 668 milliard 331,5 million so‘m;
8. Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi — 2 trillion 284 milliard 205 million so‘m;
9. Vazirlar Mahkamasi — 1 trillion 480 milliard 696,8 million so‘m;
10. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi — 1 trillion 457 milliard 430,6 million so‘m;
11. Davlat soliq qo‘mitasi — 1 trillion 38 milliard 509,6 million so‘m;
12. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi — 893,5 milliard 535,9 million so‘m;
13. Madaniyat vazirligi — 746 milliard 516,2 million so‘m;
14. Prezident Adminstratsiyasi — 742 milliard 577,9 million so‘m;
15. Bosh prokuratura — 734 milliard 184,7 million so‘m;
16. Innovatsion rivojlanish vazirligi — 604 milliard 557,8 million so‘m;
17. Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 535 milliard 749,6 million so‘m;
18. Oliy sud — 448 milliard 920,4 million so‘m;
19. Tashqi ishlar vazirligi — 421 milliard 426,5 million so‘m;
20. Milliy teleradiokompaniya — 420 milliard 216,5 million so‘m;
21. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 408 milliard 182,6 million so‘m;
22. Yoshlar ittifoqi — 372 milliard 52,5 million so‘m;
23. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — 235 milliard 138,6 million so‘m;
24. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi — 224 milliard 590,6 million so‘m;
25. O‘zFA — 218 milliard 352,6 million so‘m;
26. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi — 188 milliard 245,1 million so‘m;
27. Davlat statistika qo‘mitasi — 151 milliard 260,1 million so‘m;
28. Adliya vazirligi — 130 milliard 378 million so‘m;
29. Xotin qizlar qo‘mitasi — 121 milliard 518 million so‘m;
30. Kasaba uyushmalari federatsiyasi — 120 milliard so‘m;
31. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi — 115 milliard 155,8 million so‘m;
32. Qurilish vazirligi — 98 milliard 551,8 million so‘m;
33. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi — 98 milliard 113,8 million so‘m;
34. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi— 95 milliard 34,9 million so‘m;
35. Gidrometeorologiya xizmati markazi — 73 milliard 862,7 million so‘m;
36. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — 65 milliard 590,4 million so‘m;
37. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — 42 milliard 188,9 million so‘m;
38. Energetika vazirligi — 41 milliard 59,5 million so‘m;
39. Oliy Majlis Senati — 20 milliard 962,8 million so‘m;
40. Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi — 19,9 milliard 916,2 million so‘m;
41. Sudyalar oliy kengashi — 18 milliard 709,7 million so‘m;
42. «O‘zstandart» agentligi — 16 milliard 367,1 million so‘m;
43. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi — 14 milliard 432,1 million so‘m;
44. O‘zA — 11 milliard 695,7 million so‘m;
45. Ma’naviyat va ma’rifat markazi — 9 milliard 669,1 million so‘m;
46. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi — 9 milliard 446,2 million so‘m;
47. «O‘zarxiv» agentligi — 8 milliard 627,9 million so‘m;
48. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 8 milliard 442 million so‘m;
49. Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz — 7 milliard 530,2 million so‘m;
50. Markaziy saylov komissiyasi — 4 milliard 315 million so‘m;
51. Ombudsman — 3 milliard 943,6 million so‘m;
52. Konstitutsiyaviy sud — 3 milliard 766,4 million so‘m;
53. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — 3 milliard 478,7 million so‘m;
54. Innovatsion sog‘liqni saqlash palatasi — 2 milliard 437,9 million so‘m;
55. «Nuroniy» jamg‘armasi — 1 milliard 743,4 million so‘m;
56. Boshqa tashkilotlar — 22 trillion 938 milliard 85,5 million so‘m.
Izoh: Moliya vazirligi xarajatlari kesimida ko‘plab ijtimoiy to‘lovlar, tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatish va boshqa xarajatlar o‘rin olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»