
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkentda 20 yanvar, dushanba kuni Oliy Majlis Senatining yangi tarkibi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda. Jumladan, davlat rahbari «O‘zbekistondagi oligarxlar»dan 5—10 million dollar so‘ragani haqida gapirib berdi.
- Biz o‘zimizga mos iqtisodiyot yaratyapmiz, birovlardan ko‘chirib olganimiz yo‘q. Ochiq gap, dunyodagi manman degan to‘rtta ekspertlar kengashi bo‘lsa, shularning ikkitasiga pul to‘lab, Budjet kodeksini qabul qilganimiz uchun hamda oxirgi ikki yildagi soliq siyosatimiz bo‘yicha xulosa qilib berishlarini so‘radim.
Pul budjetdan emas, O‘zbekistondagi katta-katta oligarxlarga iltimos qildim, «og‘aynilar, 5—10 million pul beringlar, ular bizga xulosa qilib bersin», deb. Ular xulosa qilib berdi. Kecha menga xulosalar keldi. Ular qoyil qolyapti. «Shu rostmi» deb so‘rasam, rost deyishdi. Keyin ularni taklif qildim, ular yaqinda keladi.
«Hech qayerda soliq yuki bunday kamayib, budjetga tushum bunday ko‘payishi bir yilda bo‘lmagan, kamida besh yil bo‘lgan» deyishdi. Buni iqtisodiyotni bilganlargina tushuna oladi, - deydi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar