Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Norma’ning yozishicha, Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi va “Davlat boji to‘g‘risida”gi, “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunlarga muvofiq hisobotning quyidagi shakllari tasdiqlanadi (loyihaga ilovalarda keltirilgan):
• qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha;
• aksiz solig‘i bo‘yicha;
• yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha;
• jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha;
• yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va tijoratbop topilma bonusi bo‘yicha;
• suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha;
• yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha;
• yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;
• aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi bo‘yicha;
• qat’iy belgilangan miqdordagi soliq bo‘yicha;
• davlat boji va avtotransport yig‘imi bo‘yicha;
• tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar bo‘yicha va boshqalar.
2019 yil uchun soliq hisoboti 2019 yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida, biroq yangi tahrirdagi Soliq kodeksida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi.
Loyiha 2020 yil 2 fevralga qadar muhokamada bo‘ladi, o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimcha kiritilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”