07:15 / 04.04.2020
2 459

Prezident keyingi choraklarda muammo bo‘lmasligi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligini aytdi

Prezident keyingi choraklarda muammo bo‘lmasligi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligini aytdi
Prezident koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda joylarda dehqonchilik ishlari ham to‘xtab qolmasligi kerakligi, fermer va dehqonlarning oldida katta mas’uliyat turgani haqida gapirdi.

Davlat rahbari ayniqsa, kasallik yetib bormagan hududlarda dehqonchilik ishlarini kuchaytirish lozimligini ta’kidlagan. Bu borada hududiy rahbarlar mas’uliyatni qo‘lga olishi, xavfsizlik va sanitariya qoidalariga rioya qilishi maqsadga muvofiqligi aytilgan.

Prezident eksport ham to‘xtab qolmasligi kerakligini qayd etgan.
Bu jarayonni zanjirga qiyoslagan prezident ichki bozordan ortgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishda hech qanday muammo bo‘lmasligi yuzasidan mas’ullarga topshiriq bergan. Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, bugungi kunda temir yo‘l xizmatidan foydalanishni eng yaxshi chora sifatida baholagan.

«Birinchi chorak o‘tdi. Biz bugun barcha sohalarni birdek olib bormas ekanmiz, ikkinchi-uchinchi chorakda qiyin ahvolga tushib qolishimiz mumkin. Bugun ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasiga, tadbirkorlarimizga zarur imkoniyat yaratib bersak, hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman», dedi prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Prezident keyingi choraklarda muammo bo‘lmasligi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligini aytdi