Voqealar rivojini taxmin qilib bo‘lmaydi-ku, lekin vaqtida ayrim mulohazalarni aytish kerak, deb o‘ylayman. YEOII biz yaqinlashishimiz biz uchun mumkin bo‘lgan eng yomon variant. Chunki bu tashkilotda boshchilik va katta og‘achilik qiladigan Rossiya davlati. Bu davlat...
1) Bizning aslimizdan, ildizimizdan uzgan. Ming yillik e’tiqod, qadriyat, tushuncha va urf-odatlarimiz rus bosqinidan keyin barham topib, o‘rnini dahriylik, axloqsizlik qadriyatlari egallagan. Buning ta’sirini hanuz yo‘qota olmayapmiz.
2) Ular bilan birlashib baraka topadigan emas. Gapimga dalil izlab chuqur ketmaylik. Ittifoqqa qo‘shilgan yaqin qo‘shnilarimiz huquqlari cheklanayotgani, iqtisodiy zarar ko‘rayotganlari uchun bu tashkilotdan qattiq norozi.
3) Rossiyaga ilmiy-aqloniy, tarixiy-madaniy va diniy-axloqiy jihatdan hech ham havas qilib bo‘lmaydi, ergashishga va etagini ushlashga arzimaydi. Davlatning aksar elita va ziyoli qatlami o‘zi boshqa sivilizatsiyalarga mahliyo va tobe.
4) Vaqti kelganda eng yaqin qondoshiga xiyonat qilgan davlatdan yaxshilik kutib bo‘lmaydi. Ukraina va Belorus misol bunga.
Biz qandaydir ittifoqlarga qo‘shilmasak ham o‘zimizni eplay oladigan davlat va xalqmiz. Do‘stlar kerak bo‘lsa, turkiy xalqlar do‘stlik uchun yetarli.
Kecha Turkiya dronlari haqida Azon.tvda o‘girilgan video-lavhani ulashdim. Uni diqqat bilan kuzatsangiz, hozir geopolitik maydonda Turkiyaga ustunlik berayotgan dronlar ishlab chiqarish uncha katta vaqt olmagan. Siyosiy iroda va qattiq mehnat ulkan natijalarga olib kelgan. Lavhani kuzata turib, biz uchun ham bunday natijalarni qo‘lga kiritish qo‘l yetib bo‘lmas orzu emasdek, tuyuldi. Biz tomonimizdan endi ilmga e’tibor qo‘shilsa bo‘ldi.
Koronavirus vahimasi boshlanganda O‘zbekiston bu balo bilan kurasha olmaydi, degan fikrlar ham yangragandi. Tashqaridan. Alhamdulillah, hukumat, shifokorlar va xalqning birgalikda harakati bilan bu vabo nisbatan bizga katta balo bo‘lmadi. Demak harakat qilsak uddalay olamiz. Hamma narsani. Aksiga olib, taraqqiy etgan davlatlarning bu to‘g‘ridagi muvaffaqiyatsiz harakatlari va tezda tushkunlikka tushib qolishlari, ularning bizdan juda ilgarilab ketmaganini ko‘rsatdi.
YEOII mavzusiga dron yoki koronavirus masalalarining nima aloqasi bor ekan, deb o‘ylayotgandirsiz. Aloqasi bor. Chunki bu misollar taraqqiyot karvonining oldida ketayotganlar bizdan juda uzoq va oldinda emasligi va biz ham harakat qilsak, bu karvonga hatto lokomotiv ham bo‘la olishimiz mumkinligiga mujda beryapti. Buning uchun o‘zimizning haqqimiz va kuchimizni to‘g‘ri chamalab, oqilona harakat qilsak bo‘ldi.
Iqtisodiy ittifoq tomon yurish ana shunday harakat emas, menimcha.
Mubashshir AHMAD
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi